3 607
Shota Arveladze: "OChL guruh bosqichida yaxshi ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze OChL pley-off doirasidagi "Al Nasr"ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida quyida fikrlarni bildirdi.
"O‘yinda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqishimiz kerakligini aytgandim. O‘yinchilarim bilan faxrlanaman, ular yaxshi jihatlarini ko‘rsatishdi. Oxirgi haftalarda qattiq mehnat qildik, barchaga rahmat aytaman. Klubimiz prezidenti Bobur Shodiyevga alohida minnatdorchilik bildiraman. U biz uchun barcha sharoitlarni muhayyo etmoqda.
Biz ko‘proq imkoniyatlar yaratdik. Mezbonlar standart vaziyatlardan keyin keskin holatlar yaratishga urinishdi, bizda esa yaqqol vaziyatlar anchagina bo‘ldi.
O‘zbek jamoalari ushbu turnirda yaxshi ishtirok etishgan. O‘zbekistonda futbolni juda yoqtirishadi. Biz imkon boricha uzoqroq borishga harakat qilamiz. Guruhimizni, undagi jamoalarni bilamiz. Juda kuchli guruh. Biz bor imkonimizni ishga solishda davom etamiz.
OChL guruh bosqichiga yo‘l olganimizdan juda xursandmiz. "Paxtakor" boshqaruvida bunga qadar ham juda ko‘plab g‘alabalardan xursand bo‘lganman. Nafaqat natija e’tibori bilan, balki o‘yin sifatida, ajoyib kollektiv sifatida birlashganimiz ko‘p xursand qilgan. Ma’lum tanaffusdan so‘ng jamoa yana OChL guruh bosqichida ishtirok etishi nihoyatda muhim edi", - deya batafsil fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Shota Arveladze. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?