O‘zbek futboli mutaxassislaridan biri Samvel Babayan Toshkentning «Lokomotiv» klubida faoliyat olib boradi.
«Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Babayan «Lokomotiv» klubi prezidenti Mansur Radjapovga maslahatchi etib tayinlangan.
Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;
2. «Lokomotiv» bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;
3. Klub moddiy-texnika bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Samvel Babayan asosan «Paxtakor» klubidagi va O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. 2014 yilda u «Paxtakor» bosh murabbiyi sifatida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, 2014 va 2015 yillarda O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2017 yilda milliy terma jamoa bilan JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmagan edi.
2018 yil yanvar oyida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Samvel Babayanni «Paxtakor» klubi futbolchilari shartnomasi bilan bog‘liq qallobligi uchun futboldan umrbod chetlatgan edi. Shundan so‘ng u Latviyaning «Spartak» klubida bosh murabbiy va texnik direktor bo‘lib ishladi.
Qayd qilish joizki, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Samvel Babayandan diskvalifikatsiya olib tashlangani haqida hech qanday qarorni e’lon qilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi