Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (3 ta g‘alaba, 3 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Elnur 23 mart kuni o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazadi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi RMK yakkakurashlar akademiyasi sport saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang olti raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Hozircha Abduraimovning raqibi kim ekanligi ma’lum emas.
Ushbu boks oqshomi Rossiyaning «Boks TV» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Elnur Abduraimov professional boksdagi dastlabki ikkita jangini AQShda o‘tkazgan. So‘nggi jangini esa 10 noyabr kuni Yekaterinburgda braziliyalik Aelio Meskitaga (17 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 15 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"