Oʻzbekistonlik bokschilar Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qachon oʻtkazilishi aniq boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasiga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Unga koʻra, Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangini 9 mart kuni oʻtkazadi. Uning raqibi va jang qayerda boʻlishi haqidagi maʼlumot yaqin soatlar ichida eʼlon qilinadi.
Elnur Abduraimovning yangi jangi esa 23 mart sanasiga belgilandi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilib, vakilimiz mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi ringga chiqadi.
Eslatib oʻtamiz, Elnur shu paytgacha 3 marta professional boksda jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiyev esa 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quchgan (2 nokuat), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta magʻlubiyatga uchragan.
Avvalroq, Shohjahon Ergashev WBAʻning yangilangan reytingida bir pogʻona yuqorilagani, Shahram Gʻiyosov reytingni tark etgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi