11:30 / 06.03.2019
4 159

Isroil Madrimov 9 mart kuni tajribali raqibga qarshi jang qiladi (foto)

Isroil Madrimov 9 mart kuni tajribali raqibga qarshi jang qiladi (foto)
Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 9 mart kuni AQSHda oʻzining professional boksdagi ikkinchi jangini oʻtkazadi.

Madrimov Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida joylashgan Turning Stone Resort & Casino arenasida ringga koʻtarilib, chempionlik kamarini himoya qiladi.
Maʼlum boʻlishicha, uning profi ringdagi ikkinchi raqibi venesuelalik Frenk Roxas boʻladi.
Maʼlumot uchun, Frenk shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga koʻtarilib 24 bor zafar quchgan. Gʻalabalarining 23tasida raqibini nokautga uchratgan va 2 bor magʻlub boʻlgan.

Isroil Madrimov WBA Intercontinental kamari sohibi sanaladi. U 2018 yilning 24 noyabr kuni debyut jangidayoq meksikalik Vladimir Ernandesni (10-3, 6 KO) oltinchi raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratib ushbu kamar sohibi boʻlgandi.
U ayni damda WBA yoʻnalishi boʻyicha jahon reytingining toʻqqizinchi pogʻonasida turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov 9 mart kuni tajribali raqibga qarshi jang qiladi (foto)