date
views 3 348

“Manchester Siti” klubi “Uotford” ni taslim etdi (video)

“Manchester Siti” klubi “Uotford” ni taslim etdi (video)
Angliya chempionati 30-tur doirasida “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Uotford” jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida magʻlub etdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimi golsiz yakunlandi. Ikkinchi boʻlimning ilk daqiqasidayoq Sterling oʻzining gollarini kiritishni boshladi. Raqib jamoa tarkibida yagona javob golini Jerar Deulefeu kiritdi.

“Manchester Siti” 74 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Angliya chempionati 30-tur
“Manchester Siti” – “Uotford” 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar:
1:0 – 46 Sterling, 2:0 – 50 Sterling, 3:0 – 59 Sterling, 3:1 – 66 Deulofeu.
“Manchester Siti” – Ederson, Kompani, Uoker, Otamendi, Zinchenko, Bernardu Silva, Gyundogan, Marez (Foden, 90), Silva, Sterling (Sane, 64), Aguero (Gabriel Jezus, 80).
“Uotford” – Foster, Yanmat, Mazina, Britos (Ketkart, 82), Femeniya (Deulofeu, 66), Kapu, Kleverli, Saksess (Dini, 66), Dukure, Kabasele, Grey.
Ogohlantirishlar: Uoker (6), Kleverli (18).

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” klubi “Uotford” ni taslim etdi (video)