
Xitoyning Nanning shahrida China Cup 2019 xalqaro turniri yakunlandi.
Finalda Urugvay milliy jamoasi Tailand milliy jamoasi bilan bellashdi va 4:0 hisobidagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi. Gollar Vesino, Pereyra, Stuani va Gomes hisobiga yozildi.
Avvalroq, 3-oʻrin uchun oʻtgan bahsda Oʻzbekiston milliy jamoasi Xitoy milliy jamoasini 1:0 hisobida yenggan edi.
Urugvay turnir yarim finalida aynan Oʻzbekistonni dogʻda qoldirgandi (3:0).
Urugvay milliy terma jamoasi hujumchisi Stuani 3ta gol bilan musobaqa toʻpurari boʻldi.
China Cup 2019
Final
25 mart, Nanning
Tailand – Urugvay 0:4
Gollar: Vesino (6), Pereyra (38), Stuani (58), Gomes (88) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar