
Madridning “Real” klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Zinedin Zidanning “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi lavozimiga qaytishiga izoh berdi. Mourinoning soʻzlari jurnalist Janluki Di Marsioning saytida keltirilgan.
Mourino Zidan qisqa vaqt ichida klubni jonlantira olgani va unga Chempionlar ligasini qatorasiga uch marta yutishga yordam berganini tan olgan, biroq uning fikricha, bu Zidanni haqiqiy murabbiyga aylantirmaydi. “Dastlab u “Real”ga oʻz oʻyini falsafasini singdirishi, oʻyinchilarni sotishi va sotib olishi, qarorlar qabul qilishi va yangi jamoani shakllantirishi lozim”, deb aytgan portugaliyalik mutaxassis.
Uning fikricha, Zidan bugungi kunda madridliklar uchun mukammal variant hisoblanmaydi.
Zidan “Real”ga 2016-2018 yillar murabbiylik qilgan va uch mavsum davomida klubni Chempionlar ligasidagi gʻoliblikka olib kelgan. 2019 yil 11 martda uning klubga qaytishi eʼlon qilindi.
Mourino Madrid klubiga 2010 yildan 2013 yilgacha murabbiylik qilgan. Klub uning murabbiyligi ostida Ispaniya chempionati, kubogi va superkubogida zafar quchgan.
Mourino ZidanReal MadridChempionlar LigasiMurabbiylik QilishFalsafaO'yinchilar Sotish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar