Hozirgina Oʻzbekiston Superligasi 2-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” hamda AGMK jamoalari oʻrtasidagi oʻyin oʻz nihoyasiga yetdi.
Navoiydagi “Yoshlar” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritishdi. Dastavval navoiyliklarning legioner hujumchisi 1-daqiqada Smit Medina hisobni ochdi. Taym soʻnggida esa Aziz Asimov mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va 11 metrli jarima zarbasini Dilshod Joʻrayev aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Ikkinchi boʻlim esa Elguja Grigalashvilining benefisiga aylanib ketdi. Aynan gruziyalik forvard tomonidan kiritilgan ikki gol “oltin izlovchilar”ga 3 ochko olib keldi.
Superliga, 2-tur
29 mart, juma
“Qizilqum” - AGMK 3:1
Gollar: Medina Smit 1, - 1:0 (Eldor Boymatov). Dilshod Joʻrayev 44 penalti, - 1:1. Elguja Grigalashvili 51, - 2:1. Elguja Grigalashvili 69, - 3:1 (Medina Smit).
“Qizilqum”: 1.Yevgeniy Cheremisin, 4.Erkin Boydullayev, 10.Alisher Sanoyev, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 18.Eldor Boymatov, 19.Mirjalol Qosimov (36.Xurshidjon Olimov, 46), 21.Muxsin Ubaydullayev, 23.Sherali Joʻrayev (44.Maqsud Karimov, 83), 30.Elguja Grigalashvili, 99.Medina Smit (7.Murod Bobojonov, 87).
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 8.Akmal Rustamov, 9.Humoyun Abdualimov, 25.Azizbek Usmonov, 28.Sardor Jahonov, 97.Suhrobjon Yarashov.
AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Joʻrayev, 15.Jasur Hakimov, 17.Murod Toshmatov (11.Zohir Pirimov, 61), 18.Rasul Yoʻldoshev (8.Sanʼat Shixov, 68), 19.Jasur Hasanov (9.Zafar Polvonov, 73), 20.Mirgʻiyos Sulaymanov, 22.Mirolyub Kostich, 31.Saydullo Rahmatov, 44.Bobur Yoʻldoshev.
Zaxira: 45.Akbar Toʻrayev, 21.Gʻulom Haydar Gʻulomov, 23.Akmal Shorahmedov, 33.Sardor Rahmonov, 36.Shahboz Umarov, 37.Sherzod Fayziyev.
Ogohlantirishlar: Erkin Boydullayev 19, Rasul Yoʻldoshev 22, Mirgʻiyos Sulaymonov 64. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi