
AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 2-turi doirasida “Qizilqum”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi magʻlubiyatdan (1:3) soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Bugun 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan boʻlsak-da, u qadar yomon oʻynamadik, deb oʻylayman. Oʻyinning ilk daqiqalaridan gol oʻtkazib yuborgan boʻlsak-da, birinchi boʻlimda bir qator imkoniyatlarga ega boʻldik. Lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Raqib esa xavfli vaziyatlarni samarali yakunlay oldi va yakunda gʻalabaga erishdi.
Ushbu gʻalaba bilan “Qizilqum” jamoasini tabriklayman. Ular bugun 2-raqam ostida oʻynab ham, qarshi hujumlardan unumli foydalana olishdi", - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar