
Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor mashqlarni davom ettirmoqda. Bundan avval u sportni tark etganini eʼlon qilgandi. Konor Instagramdagi sahifasida mashq zalida boksga tushayotgan rasmini joylagan.
31 yoshli irland Konor ushbu surati ostida kubalik bokschi bilan mashgʻulotlar olib borayotganligi toʻgʻrisida izoh qoldirgan.
26 mart kuni Makgregor MMAni tark etgani haqida Twit qoldirgan edi.

Makgregor MMA yoʻnalishida oʻtkazilgan janglarning 21 tasida gʻalaba qozinib 4 marotaba magʻlub boʻlgan. Irlandiyalik sportchi ikki vazn toifasida aralash janglar chempionligini qoʻlga kiritgan.
Konor Makgregor shuningdek, amerikalik yengilmas bokschi Floyd Meyveyzer bilan ham boks qoidalari boʻyicha jang olib borgan va unda texnik nokautga uchragan edi. U shuningdek, bir qancha tortishuv va shov-shuvlarga sabab boʻlgan rossiyalik MMA jangchisi Xabib Nurmogomedov bilan boʻlib oʻtgan jangda ham alamli magʻlubiyatni qabul qilib olgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar