Dzyudochilarimiz birinchi davradan muvaffaqiyatli oʻtishdi

Dzyudochilarimiz birinchi davradan muvaffaqiyatli oʻtishdi
Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha Gran-prisining yakunlovchi kun bahslari davom etmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqada birinchi davra bahslari ortda qoldi.

Quvonarlisi, unda tatamiga chiqqan barcha vakillarimiz ishonchli gʻalabaga erishdilar. Davlat Bobonov (-90 kg) 2017 yilgi jahon chempionati sovrindori gruziyalik Ushangi Margianini 1 daqiqayu, 9 soniyada magʻlub etdi. -100 kilogrammdagi Muhammadkarim Xurramov hindistonlik raqibini 17 soniyadayoq musobaqadan chiqarib yubordi.

-90 kilogramm vazn toifasida esa ancha tajribali vakilimiz Yahyo Imomov birinchi davrada garchi biroz qiyinchilikka duch kelgan boʻlsa ham, Serik Salmenovdan golden skorda ustun keldi.

Manba: Sports.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar