
Ozarbayjon poytaxti Bokuda boks boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan oʻzbekistonlik Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatov bugun yarim final jangida ringga chiqishi kerak edi. Biroq -52kg vazn toifasida ringga koʻtarilishi kerak boʻlgan Doʻsmatov jarohati sabab yarim final jangida qatnashmaydigan boʻldi.
Sports.uz nashrining xabar berishicha, Doʻsmatov qoshidan olgan jarohati sabab yarim finalda jang qilmaydi va uning raqibi qozogʻistonlik Oljas Bayniyazovga texnik gʻalaba yoziladigan boʻldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing