Havaskor boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, -64 vazn toifasida Ozarboyjondagi “Buyuk Ipak yoʻli” xalqaro musobaqasida ishtirok etgan Aliyor Noraliyev mezbon sportchiga qarshi jang vaqtida boshidan jiddiy jarohat olib, tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.
GoSport muxbiri sportchi bilan bogʻlanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.
Ozarbayjonlik bokschiga qarshi birinchi jangimning 1-raundidayoq raqib bilan boshimiz qattiq toʻqnashib ketdi. Oʻsha vaqtda qisqa tanaffusdan soʻng oʻzimga kelib, jangni davom ettirdim. Raqib ustidan gʻalaba qozonib, allaqachon keyingi jangga oʻzimni tayyorlayotgandim. Kiyimlarimni almashtirib zalga qaytganimda oʻzimni biroz yomonroq his qildim va tashqariga chiqishga qaror qildim. Ammo tashqarida ham biroz oʻzimni yomon his qila boshladim. Koʻzim oldi qorongʻilashib keta boshladi. Yiqilishimni his qilib shifokorlar yoniga qarab yura boshladim. Lekin ulgurmadim… Qolganini eslolmayman.
Koʻzimni ochsam, Bokudagi shifoxonaning reanimatsiya boʻlimida yotibman. Nima boʻlganini avvaliga tushunmadim. Keyin soʻrasam, hushimni yoʻqotganim, tilim orqaga ketib qolganini aytishdi. U yerda ham shifokorlar tekshirishdi. MRT qilishdi. Ilgari ham kichik jarohatlar olganim bu safargi jiddiy jarohatga taʼsir qilganini aytishdi.
Toshkentga keldik. Endi reja boʻyicha bu yerda ham MRT qiladigan boʻldik. Shifokorlar bilan maslahatlashib, yana ishlashda davom etamiz. Hozircha taxminan ikki oy davomida boks bilan shugʻullanmasligim kerakligini aytishdi.

Aliyor Noraliyev, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi