
Hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o‘tkazdi. Yurtdoshimiz dastlabki jangini indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi olib bordi.
6 raundga mo‘ljallangan jangning 1 raundi ham tugashga ulgurmadi, ya’ni referi yarim daqiqa ichida nokdaund holatini e’lon qildi. 1-raundning 19-soniyasi o‘tib borayotgan payt Zoirov yo‘llagan kuchli zarbani indoneziyalik bokschi o‘tkazib yubordi va yerga qulaganicha, 10 soniya ichida qaytib o‘rnidan ko‘tarilmadi.
Shu tariqa hamyurtimiz professional boksdagi ilk jangida dastlabki daqiqadayoq nokaut evaziga g‘alaba qozonmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar