Joriy yilning 11 may kuni oʻzbekistonlik professional bokschi Fazliddin Gʻoibnazarov (7 ta jang, 7 ta gʻalaba, 4 ta nokaut) AQSHda navbatdagi jangini oʻtkazadi.
Fazliddin sakkizinchi jangida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga koʻtariladi. Eslatib oʻtamiz, yana bir oʻzbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev Foksga qarshi jang oʻtkazgandi va ochkolar boʻyicha gʻalaba qozongandi. “Olamsport” mazkur jang borasida Fazliddinning murabbiyi Abror Tursunpoʻlatov bilan bogʻlanib, bir nechta savollarga javob oldi.
«Fazliddinning raqibini men ham, uning oʻzi ham bugun bildik. Bizga promouterlar bu xabarni yetkazdi. Kim bilan jang tashkil qilib bersa, oʻsha bokschi bilan jangga tayyorgarlik koʻramiz, ringga chiqamiz. Hozir Tusondamiz, Maykl Foksga qarshi jang ham shu shaharda oʻtkaziladi.
Foks Shohjahon Ergashevga yutqazgandi. Raqibni jiddiy tarzda oʻrganyapmiz. Uning boʻyi Fazliddindan 25 santimetrcha balandroq. Birgina noqulaylik tugʻdiradigan jihati ham shu. Ochigʻi, promouterlardan kuchli raqib soʻrab charchadik. Mayli, bu jangda gʻalaba qozonib olsa, reytingda ancha koʻtarilib oladi. Keyingi janglari kuchli bokschilarga qarshi kechadi», — deydi Fazliddinning murabbiyi.
Manba: olamsport.com “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi