08:54 / 17.04.2019
3 239

"Ayaks" fenomeni: "Yuventus" taslim etildi va musobaqadan chiqarib yuborildi (video)

"Ayaks" fenomeni: "Yuventus" taslim etildi va musobaqadan chiqarib yuborildi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final javob bahsidan o‘rin olgan "Yuventus" – "Ayaks" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Yuventus Stedium”da bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

O‘yinni ikkala jamoa vakillari ham juda faol boshlashdi. Uchrashuvda hisob 28-daqiqaga kelib ochildi, Krishtianu Ronaldu burchakdan uzatib berilgan to‘pga boshi bilan zarba berib jamoasini oldinga olib chiqdi.

Biroq amsterdamliklar bunga tezda javob qaytarishdi, 34-daqiqada mezbondar jarima maydonida yolg‘iz qoldirilgan Donni van de Bek yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limni mehmonlar xavfli hujumlar bilan boshlashdi. Dastlabki o‘n daqiqalikda Voysex Shchensni jamoasini ikki bor muqarrar goldan saqlab qoldi.

“Ayaks”ning ketma-ket hujumlari 67-daqiqada o‘z samarasini berdi, Matteys de Ligt burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu goldan so‘ng turinliklar oldinga o‘tishga majbur bo‘lishdi. Biroq mehmonlarning hujumlari xavfliroq ko‘rinish oldi.

Turinliklarning hujumdagi harakatlarini to‘xtatish mehmonlarga qiyinchilik tug‘dirmadi. O‘z navbatida “Ayaks”ning xavfli qarshi hujumlari “Yuve”ga butkul oldinga o‘tib ketish imkonini bermadi.

Shu tariqa, “Ayaks” navbatdagi sensatsiyani qayd etgan holda yarim finalga yo‘l oldi va u yerda “Manchester Siti” – “Tottenxem” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final, javob bahsi
Yuventus Italiya – Ayaks Gollandiya 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar:
1:0 – 28 Ronaldu, 1:1 – 34 van de Bek, 1:2 – 67 de Ligt.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Djan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).
Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 88), Tadich, Shene, Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Jan (69), ronaldu (90+4).
Dastlabki o‘yin – 1:1.
Ronalduning golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Ayaks" fenomeni: "Yuventus" taslim etildi va musobaqadan chiqarib yuborildi (video)