
Bugun 18 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-tur bahslariga start beriladi.
Kunning dastlabki o‘yinida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining «Nasaf» klubi «Andijon» maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda qarshiliklar o‘z maydonida «Navbahor»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. «Andijon» esa Toshkentning «Bunyodkor» klubiga yutqazgandi (0:1).
Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Shota Arveladze boshliq «Paxtakor» o‘z maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 18:15 da start oladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi turda «sherlar» mehmonda kechgan bahsda «Surxon» bilan durang o‘ynagan bo‘lsa (0:0), «Dinamo» klubi esa «So‘g‘diyona»ni yenggandi (1:0).
Kunning so‘nggi bahsida 9 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi safarda «Buxoro»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 19:15 da boshlanishi belgilangan.
Ta’kidlash joiz, 4-turda «Lokomotiv» klubi OKMKni taslim qilgandi (2:1). Buxoroliklar esa Qo‘qonda «Qo‘qon-1912» ustidan g‘alaba qozongandi (3:1).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar