
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Dinamo" bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o‘yin xususida fikrlarini aytib o‘tdi.
- Biz hujumkor futbol ko‘rsatdik va ko‘plab vaziyatlarni sodir etdik. Bo‘sh darvozaga gol ura olmadik, to‘sin hamda ustunlarni nishonga oldik. O‘yinni nazorat qildik. Raqib esa kutilganidek himoyada o‘ynadi. Ular qarshi hujumlarga o‘tishga urinishdi. 2-3 marta shunday holatlarda yaxshi harakat qilishdi. Biz esa birinchi golni tezroq urishimiz lozim edi. Bunga yarasha vaziyatlarni yuzaga keltirgandik. Ikkinchi bo‘limda sur’atni yanada oshirdik. Natijada ikki to‘p kiritdik.
Sergeyev maydonga tushirilgach, Bikmayev markazga o‘tib hujum ortida o‘ynashga tushdi. U bu pozitsiyada ham o‘ynay oladi.
"Al Sadd"ga qarshi uchrashuv arafasida Abdullayevning jarohat olgani bezovta qilmoqda. Har 3-4 kunda o‘ynash oson emas. Sadriddin tibbiy tekshiruvdan o‘tadi va shunga qarab xulosa chiqaramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar