21:34 / 28.04.2019
2 564

"Hozirda mard mutaxassis bormi?" yoxud "Qizilqum" ustozi bor haqiqatlarni oshkor etdi

"Hozirda mard mutaxassis bormi?" yoxud "Qizilqum" ustozi bor haqiqatlarni oshkor etdi
Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Qizilqum" (3:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun bir taymda ikki xil o‘yin guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatomizni "Lokomotiv" gol bilan jazolab qo‘ydi. Bahs avvalida yigitlarga raqib xatolardan unumli foydalishi borasida aytib o‘tgan edim. Ammo ko‘nikib olishimiz uchun vaqt kerak bo‘ldi. "Lokomotiv" - mamlakatimizning amaldagi chempioni sanaladi va kuchli jamoa.

Ichki muhitda yetishmovchiliklar, kamchiliklar bor. Jamoamizda zaxira o‘rindig‘i tom ma’noda tor. Zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni kuchaytiradigan futbolchi mavjud emas. Balki, faqatgina bir xil tarkib o‘ynayverganidan, futbolchilar ham o‘z ustilarida ishlamay qo‘yishgandir.

Seleksiya ishlarida adashdik deb o‘ylayman. Yil avvalida moliyaviy qiyinchiliklarga uchradik. Shu narsalar mana, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ko‘rib turganingidek, 10 ta futbolchimiz bor. O‘rinbosarlar jamoasidagi futbolchilarni sinab ko‘rmoqdamiz.

Gevorkyanning ketishi? Futbolchilarning hayoti shunday. Unga yaxshiroq pul taklif qilindi va Malayziyaga ketdi. Barchasi moliyaviya ahvolga borib taqaladi.

Stolni oldida o‘tirib olib gapiradigan "mutaxassislar" menga aqllilik qilguncha bu yerga kelsin. Men bilan uch kun birga ishlasin. Hattoki o‘zimning oldimda o‘tirganlar ham 3 kun ishlay olmay qochib ketadi. Hozir mard mutaxassis bormi? Rels ustiga qo‘yilgan tayyor poyezdni haydab ketishni men ham bilaman.

Ikkinchi ligada, ko‘chada yurgan zavodning futbolchilarini yig‘ib, shu darajaga qadar yetib keldim. Ikkinchi liga jamoasiga murabbiy bo‘dim, birinchi liga klubiga murabbiy bo‘ldim va hozir yuqori divizion jamoasi ustoziman. Mening oldimga Superligada 5-6-o‘rinlarni egallash vazifasi qo‘yilgan va hozirgi ahvol men uchun qoniqarli.

Hozirga qadar "Qizilqum"da akademiya mavjud emas edi. Biz mana necha yildirki, futbolchi yollab, u bilan shartnoma tuzib, o‘ynatib kelamiz. Bu yildan esa O‘FA talabi tufayli viloyat futbol akademiyasi bilan shartnoma imzoladik. Akademiya kecha tuzilgani bilan natijasi bugun ko‘rinmaydi. "Nasaf" akademiyasi 10 yilda meva berdi. Bizda esa hali ichki struktura endi rivojlanmoqda. Bunga ham vaqt kerak.

Hakamlar haqida gapirish afsuski, odat bo‘lib qoldi. O‘zingiz ham yaxshi bilasiz, "Lokomotiv" hakamlar yordamiga muhtoj jamoa emas va Osiyoda ham o‘z obro‘siga ega. Hakamlar doimo kuchli jamoalarga simpatiya bildirishadi", - deb Aktamovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Hozirda mard mutaxassis bormi?" yoxud "Qizilqum" ustozi bor haqiqatlarni oshkor etdi