19:59 / 05.05.2019
2 579

"AGMK" Olmaliqda "Surxon"ga imkon qoldirmadi

"AGMK" Olmaliqda "Surxon"ga imkon qoldirmadi
O‘zbekiston chempionatining 7-turidan o‘rin olgan "AGMK" – "Surxon" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “OKMK” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabni qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvni maydon egalari juda faol boshlashdi. Tanaffusga qadar ikki jamoada ham bir qator qulay imkonitlar yuzaga keldi. Biroq gol urish faqat olmaliqliklarga nasib etdi.

41-daqiqada Dilshod Jo‘rayev mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida San’at Shixov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shogirdlari g‘alabasiz seriyaga nuqta qo‘ygan holda ochkolarini 7taga yetkazib olishdi va 10-pog‘onaga ko‘tarilishdi.

AGMK – "Surxon" 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 41 Jo‘rayev, 2:0 – 88 Shixov.
AGMK: 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 9. Zafar Polvonov, 17. Murodjon Toshmatov, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov (Sherzod Fayziyev, 71), 22. Mirolyub Kostich, 31. Saydullo Rahmatov, 33. Sardor Rahmonov (San’at Shixov, 63), 44. Boburbek Yuldashev, 99. Shaxzodbek Nurmatov (Kamron Saidazimov, 23).
"Surxon": 22. Sardor Qobuljonov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 6. Rahmatullo Berdimurodov (Ayubxon No‘’monov, 53), 10. Shavkat Salomov, 14. Abrorbek Ismoilov, 19. Vladimir Bubanya, 20. Husniddin G‘ofurov, 21. A’zamjon Aliyev, 38. Abbosbek Maxsitaliyev (Ravshanbek Xursanov, 77), 44. Darko Stanoyevich, 91. Sherzod Hakimov (Abdul Aziz Yusupov, 56).
Ogohlantirishlar: Nurmatov 16, Toshmatov 19, Hakimov 55, G‘ofurov 65

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "AGMK" Olmaliqda "Surxon"ga imkon qoldirmadi