03:16 / 09.05.2019
2 609

Nima uchun Valverde "Barselona"dan ketishi kerak?

Nima uchun Valverde "Barselona"dan ketishi kerak?
"Barselona" o‘shanda YeChL chorak finalida "Roma"ga qarshi o‘yinda ham aynan shunday ustunlikka ega edi. Bu mavsum esa "Liverpul". To‘g‘ri, raqib ikki xil, ammo ssenariy bitta.

Valverde qo‘l ostida "Barselona" o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytargandek ko‘rinmoqda, biroq mana ikki mavsumdirki, ularning pessimistligi o‘zlariga qimmatga tushmoqda.

Nima uchun bu aynan Valverde jamoasida bo‘lmoqda

Ha, buning uchun ko‘plab sabablar bor. "Barselona" Valverde qo‘l ostida janglar taklif qilmoqda. "Barselona"ning oldingi an’analaridan voz kechgan Valverde katta o‘yinlarda himoyaviy uslubdan foydalanmoqda. Ayrim pallalarda Messining mo‘’jizalari jamoani qutqarmoqda, ba’zida esa...

Ha, bu ish beradi. Biroq Messi ham xatoqilmas inson emas. U ham raqib ko‘pchilik bo‘lib himoyalanganda, hech nima qila olmaydi. "Barselona"da aslida Messidan boshqa javob ham yo‘q. Misol uchun, kecha "Liverpul" to‘g‘ri himoyalandi, Valverdening extiyotkor taktikasi esa ish bermadi. Natijada mag‘lubiyat...

Ikkinchidan, Valverde o‘zgarishlarni kech amalga oshirdi. Valverdening ikki yillik faoliyatini taxlil qilsak, u o‘zgarishlarga katta e’tibor bermaydi va buni paysalga solaveradi, garchi zaxirada Malkom, Vidal, Dembele kabi futbolchilari bo‘lsa ham...

Uning o‘zgarishlar qiladigan vaqtida esa asosan "Barselona" mag‘lubiyatga uchrayotgan bo‘ladi. Yana kechagi o‘yinni misol qilib keltiramiz. Hisob 0:3ga yetganida Malkom maydonga tushdi. To‘rtinchi goldan keyin esa jamoa oldinga o‘tishni boshladi.

Nihoyat, jamoa tarkibidagi aylanish o‘z maromiga yetmadi. Natijada futbolchilar katta o‘yinlarda o‘zlarini biroz yo‘qotib qo‘ymoqda. Bu mavsumda Pike, Suares va Alba kabi futbolchilar bilan rotatsiyalar qilinmadi.

O‘tgan yili "Roma"dagi mag‘lubiyatda futbolchilarning qattiq charchagani va har 3 kunda o‘yin o‘tkazayotgani sabab bo‘lgandi. Valverde esa bundan xulosa chiqarmadi.

Nima uchun Valverde ketishi kerak?

Oddiy gap - u "Barselona"ning bor kuchini namoyish qila olmayapti. U o‘zi darajasida jamoani olib yuribdi va "Barselona"dan bundan ortig‘ini kutib bo‘lmaydi. U Messi sardorligida bu mavsum yanada kuchliroq tarkibga ega bo‘lgandi. Ammo YeChLda finalga yo‘llanma olinmadi. Demak, Valverdening "Barselona"si bunga qodir emas.

"Kamp Nou"da pasayish bor. Bu esa Valverde ketganidan keyin yo‘qoladi. U ketganidan keyin "Barselona" falsafasi ham o‘zgaradi. Va jamoa YeChLda g‘olib bo‘lishi mumkin...

Mirjalol Normatov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nima uchun Valverde "Barselona"dan ketishi kerak?