OFK tartib-intizom qo‘mitasi Ignatiy Nesterov borasida qaror qabul qildi.
"O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni 8 oyga futboldan chetlatildi. Diskvalifikatsiya muddati 13 fevraldan boshlanadi. Ya’ni Nesterov 13 oktyabr kuni maydonga tusha oladi. 13 avgust kuni Nesterov mashg‘ulotlarni boshlashi va shartnoma tuzishi mumkin.
Doping bilan kurash kundan-kunga avj olayotgan paytda 8 oy juda ham yengil jazo. Ayniqsa ayblovchi tomon 16 oylik diskvalifikatsiya talab qilganini hisobga olsak.
Nesterov ishi bu yaqinda tuzilgan O‘zbekiston futbolchilar kasaba uyushmasining dastlabki jiddiy aksiyasi hisoblanadi. Ushbu tashkilot O‘zbekiston terma jamoasi posbonini himoya qilish uchun mashhur Rossiya yuridik kompaniyasini jalb qilgan edi, - deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.
Bu borada ko‘proq ma’lumot olish maqsadida O‘zbekiston futbolchilar kasaba uyushmasi prezidenti Kamoliddin Murzoyev bilan bog‘landik.
"Ignatiy Nesterov ishi biz uchun yaxshi yakunlandi deya olaman. Sababi OFK darvozabonimizga 2,5 yil ya’ni 30 oylik diskvalifikatsiya bermoqchi bo‘lgandi. Bu esa Nesterovning faoliyatini yakunlashini anglatardi. Biroq yuristlar bu muddatni 8 oyga tushirishgani bizning kichik g‘alabamiz bo‘ldi", - deydi Kamoliddin Murzoyev.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?