2 919
Putin xokkey o‘yinida hammadan ko‘p shayba kiritib, so‘ng gilamga qoqilib yiqildi (video)
Prezident Vladimir Putin Rossiyaning eng yaxshi xokkeychilaridan biri hisoblanadi, deb kinoya bilan yozadi Meduza. Putin bitta o‘yin davomida o‘rtacha 3,6 shayba kiritadi — xokkeychi Aleksandr Ovechkinning ko‘rsatkichlaridan ham yaxshiroq.
Vladimir Putin 10 may kuni Sochida «Legendi xokkeya» jamoasi safida Tungi xokkey ligasi jamoasiga qarshi o‘ynadi. Raqiblar o‘zini prezidentga xalal berishga urinayotgandek ham tutmagan hatto. Mana, o‘zingiz ko‘ring:
защитник Ротенберг Б. кажется чуток недорабатывает в обороне pic.twitter.com/9fmwC5CrEt
— эчпочмак и комбикорм (@kocizum) May 10, 2019
«Legendi xokkeya» 14:7 hisobida g‘alaba qozongan. Prezident hammadan ko‘ra ko‘proq shayba kiritgan, lekin aynan qancha kiritgani aniq emas. Rossiya axborot agentliklari 10 ta shayba kiritilgan, deb xabar bergan bo‘lsa, Kreml to‘qqizta, Tungi xokkey ligasi esa 8 ta shayba kiritilgani haqida xabar qoldirgan.
O‘yin yakuniga yetganidan so‘ng Rossiya prezident tribunadagilarni olqishlab bort bo‘ylab o‘tayotganida, qizil gilamni ko‘rmay qolgan va qoqilib yiqilgan. Xokkeychilar Vyacheslav Fetisov va Valeriy Kamenskiy Putinga turishga yordam berib yuborgan.
Он упал pic.twitter.com/f2PPN5vz2f
— Рустем Адагамов (@adagamov) May 10, 2019
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi