
Bugun Angliya premer-ligasida so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, dunyoning eng tomoshabon ligasida chempionlik intrigasi so‘nggi turgacha saqlanib qoldi.
Ayni damda “Manchester Siti” 95 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Biroq, undan keyingi pog‘onani egallab turgan “Liverpul” hisobida 94 ochko bor va mersisaydliklarni peshqadamdan bor yo‘g‘i 1 ochko ajratib turibdi, xolos.
So‘nggi turda Xosep Gvardiola jamoasi safarda “Brayton” mehmoni bo‘lsa, Yurgen Klopp shogirdlari “Enfild”da “Vulverxempton” qarshiligini sindirishga harakat qilishadi. Bugun APLning barcha o‘yinlari bir vaqtda – 19:00da boshlanadi.
Premer-liga 38-tur
12/05/2019, 19:00
Brayton - Manchester Siti
Stadion: The American Express Community Stadium
Bosh hakam: Michael Oliver
12/05/2019, 19:00
Liverpul - Vulverxempton
Stadion: Anfield
Bosh hakam: Martin Atkinson “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar