18 may, shanba kuni professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Daniyaning Orhus shahrida joylashgan «Vibi« sport saroyida tashkil qilinadigan boks oqshomida Shahobiddin Zoirovga gruziyalik Mishiko Shubitidze (12 ta g‘alaba, 13 ta mag‘lubiyat, 3 ta durang, 5 ta nokaut) raqiblik qiladi.
Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi, super yarim yengil (-58,97 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Xurshid Tojiboyev (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) ham ringga ko‘tariladi. Xurshid shu kuni boshqa bir gruziyalik bokschi Irakli Shariashviliga (5 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyut jangida indoneziyalik Entoni Holtni (5 ta g‘alaba, 1 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat, 3 ta nokaut) birinchi raunddayoq nokautga uchratib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, Xurshid Tojiboyev esa polshalik Kshishtof Rogovskini (10 ta g‘alaba, 29 ta mag‘lubiyat, 5 ta nokaut) uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)