«Real» muxlislari Benitesni aeroportda kutib olishdi va iste'foga chiqishini talab qilishdi


Madridning "Real" klubi muxlislari Rafael Benites bilan uchrashib, undan iste’foga chiqishini talab qildilar, deb yozmoqda Uff.uz sayti.
Eslatib o‘tamiz, Benites rojdestvo bayramini Liverpuldagi uyida kutib olgan va kecha Madridga qaytib kelgan. Aeroportda uni "Real"ning ko‘plab muxlislari kutib olganlar va iste’foga chiqishini talab qilganlar.
Rafael Benites ularning oldida to‘xtagan va talablarini eshitgan. Ammo hech qanday javob qaytarmay, indamay ketib qolgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…