date
views 3 532

Elnur Abduraimov va tanzaniyalik bokschi taroziga chiqdi (foto)

Elnur Abduraimov va tanzaniyalik bokschi taroziga chiqdi (foto)
Ertaga Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Unda bir qator bokschilarimiz o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Jumladan yengil vaznda hamyurtimiz Elnur Abduraimov (4, 4KO) o‘zining profi boksdagi beshinchi jangini o‘tkazadi. Bu safar unga tanzaniyalik Issa Nampecheche (29-9-6) raqiblik qiladi.

Bugun mazkur jang oldidan bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishdi.

Shuningdek ushbu kechada yana bir qator hamyurtlarimiz ham jang o‘tkazishadi. Jumladan profi boksda mag‘lubiyatsiz odimlab kelayotgan Ravshanbek Umurzoqov shu kuni JARlik Antoni Moloizanga (11-3-1) qarshi ringga ko‘tariladi.

Bundan tashqari Sardor Muzaffarov (4-1-0) o‘zining beshinchi jangini tojikistonlik Asror Vohidovga (2-0-0) qarshi o‘tkazsa, Alisher Xabibullayev (4-1-0) rossiyalik Ilya Balandin (3-2-0)ga qarshi ringga chiqadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov va tanzaniyalik bokschi taroziga chiqdi (foto)