Sport ma’muriy sudi ham «Real» Kubokdan chetlatilganini tasdiqladi. Endi navbat fuqarolik sudigami?

Sport ma’muriy sudi ham «Real» Kubokdan chetlatilganini tasdiqladi. Endi navbat fuqarolik sudigami?
Sport ma’muriy sudi ham «Real» Kubokdan chetlatilganini tasdiqladi. Endi navbat fuqarolik sudigami?

Sport ishlari bo‘yicha ma’muriy sud Madridning "Real" klubi Ispaniya Kubogidan chetlatilgani bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.

Yig‘ilishda "Real" musobaqadan asosli ravishda chetlatilgani tasdiqlandi. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya futbol federasiyasi musobaqalarni o‘tkazish va apellyasiya qo‘mitasi tomonidan madridliklar Ispaniya Kubogidan chetlatilgach, "Real" rahbariyati sport ishlari bo‘yicha ma’muriy sudga shikoyat qilgan edi. Ammo "Qirollik klubi" talabi yana inkor etildi. Endi "Real" klubi fuqarolik sudiga bu borada murojaat etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Madridning "Real" klubi "Kadis"ga qarshi kechgan (3:1) uchrashuvda diskvalifikasiya qilingan Denis Cherishevni maydonga tushirgani tufayli Ispaniya Kubogidan chetlatilgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar