
Xabaringiz bor Slovakiyada bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Finalda Finlyandiya va Kanada milliy jamoalari to‘qnash kelishdi. Keskin kurashlarga boy tarzda o‘tgan bahsda finlyandiyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozoniib o‘z tarixida uchinchi marta (1995, 2011, 2019) jahon chempioni bo‘lishdi.
Bronza medali uchun kechgan bahsda Rossiya milliy jamoasi Chexiyani bullitlar seriyasida mag‘lub etdi.
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati
Slovakiya – 2019
26 may
Final
Kanada – Finlyandiya – 1:3 (1:0, 0:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 10 Teodor (Makkann, Manta)
1:1 – 22 Anttila (Oyyamyaki, Manninen)
1:2 – 42 Anttila (Savinaynen)
1:3 – 55 Pesonen (Tyurvyaynen)
Uchinchi o‘rin uchun bahs
Rossiya – Chexiya – 3:2 (1:2, 1:0, 0:0, 0:0, bullitlar - 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Grigorenko (Sergachev)
1:1 – 13 Rjepik (Rutta, Sklenichka)
1:2 – 18 Kubalik (Gulash, Kovarj)
2:2 – 21 Anisimov (Gusev) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar