Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik ikki bokschi Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) va Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar berdi GoSport.
Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov may oyi uchun chiqarilgan reytingda aprel oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi. U fevral oyi uchun chiqarilgan reytingda kuchli 15 talikni tark etgandi.
Ma’lumot uchun, Shahram aprel oyi so‘ngida amerikalik Emmanuel Teylorni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Yangilangan reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) ham yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar Madrimov bir pog‘ona yuqorilab, mart oyida bo‘lgani kabi 6-pog‘onaga qaytdi.
Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) o‘tgan oydagi kabi ikkinchi o‘rinda, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-o‘rinda qolgan. Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi