
20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finali doirasida AQSh vakillari Ekvador bilan to‘qnash keldi.
Qayd etish joizki, ikkala terma ham o‘z qit’alarida o‘tgan birinchiliklarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hisoblanadi. Mazkur bahsda esa ekvadorliklar raqiblarini 2:1 hisobida taslim qilib, yarim final masalasini ijobiy hal etishdi. Ularning raqibi esa J.Koreya hamda Senegal o‘rtasidagi bahsdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz kechagi o‘yinlardan keyin, Ukraina va Italiya ham keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
AQSh U-20 – Ekvador U-20 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 30 Sifuentes, 1:1 – 36 Vea, 1:2 – 43 Espinosa.
AQSh U-20 – Ochoa, Richards, Gloster, Dest, Derkin, Keita (Renniks, 86), Pomikal, Méndez (Ledezma, 74), Vea, Soto, Konrad (Llanez, 46).
Ekvador U-20 – Ramires, Quintero, Porozo, Palasios (Castillo, 57), Espinosa, Sifuentes, Valesilya, Resabala (Alsivar, 75), Plata, Alvarado, Kampana (Segura, 89).
Ogohlantirishlar: Derkin (45), Vea (77). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar