
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri A Seriyaga qaytishi borasida gapirdi. Avvalroq “Napoli”da ishlagan 60 yoshli mutaxassis “Yuventus”da ish boshlashi kutilmoqda.
“Biz italyanlar o‘z uyimizga bog‘lanib qolganmiz, biz har doim nimadir yetishmayotganini sezamiz.
Bu men uchun og‘ir yil bo‘ldi. Do‘stlarim, qari ota-onam bilan ayriliq azobini totishni boshladim.
Ammo professional tanlov qilmoqdaman. Men yana yigirma yil murabbiylik qilmayman, pasportimdagi yoshim buni ko‘rsatib turibdi.
Murabbiylik oson ish emas. O‘z uyim Toskanaga qaytar ekanman, o‘zimni notanishdek his etaman. Men so‘nggi yillar ichida u yerda atigi 30 kuncha uxladim.
Neapolliklar ularni qanday yaxshi ko‘rishimni bilishadi. O‘tgan mavsum boshqa italyan klubida ishlamaslik uchun men Angliyaga ketishga qaror qildim. Kasb boshqa yo‘lni taqozo qilishi mumkin, ammo insonlar bilan munosabat o‘zgarmaydi.
Jamoada ekansan, unda 100% u tarafda bo‘lishing kerak. Ammo sodiqlik nima? Agar klub bir kun kelib seni bo‘shatsa nima qilish kerak? Ajrashgan xotiningga vafodor bo‘lib qolib qolishing kerakmi?
Klubning timsoli bo‘la olgan so‘nggi futbolchi Totti edi. Kelajakda bunday o‘yinchilar bo‘lmaydi”, – deydi Sarri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar