«Inter», «Real», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalarining sobiq ustozi Joze Mourino murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.
Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) milliy jamoa Amerika Kubogida muvaffaqiyatsiz ishtirok etsa, bosh murabbiy Tite bilan xayrlashishi mumkin.
A Bola xabariga ko‘ra, CBF 58 yoshli mutaxassis o‘rniga Joze Mourino nomzodini o‘rganib chiqmoqda. Agar «pentakampeonlar» o‘z uyida o‘tkaziladigan turnirda g‘alaba qozonolmasa, Tite iste’foga chiqariladi.
Avvalroq Joze Mourino milliy jamoada emas, klubda ishlash niyati borligini aytgan edi. Portugaliyalikning so‘nggi ish joyi hozircha «Manchester Yunayted» klubi bo‘lib turibdi. U 2018 yil dekabr oyida shu jamoadan iste’foga chiqarilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi