
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoasining Yevro-2020 musobaqasi saralashi doirasida kechgan Turkiyaga qarshi o‘yini haqida gapirib o‘tdi. Desham shogirdlari 2:0 hisobida taslim bo‘lishdi.
"Butun jamoa shunday darajadagi o‘yinni namoyish qilsa ijobiy natijadan umid qilib bo‘lmaydi.
Biz jamoa bilan qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilib ko‘rdik, ular o‘z o‘yinini ko‘rsatishdi. Jahon chempionimisan, yo‘qmi baribir ham yuqori darajada o‘yin namoyish qilish kerak.
Biz uchun bu yuzimga tarsaki tushirganday bo‘ldi, boshqa hech narsa ayta olmayman. Seshanba kuni boshqa o‘yinimiz bor, Turkiya terma jamoasi tabriklab qo‘yishim mumkin. Asosiy ishga qaytish lozim", - deydi Desham.
Fransiya Terma JamoasiDide DeshamYevro-2020Turkiya QarshiO‘yinni NamoyishIjobiy Natija O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar