O‘zbekiston chempionatining 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" – "Lokomotiv" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvda hisob 60-daqiqaga kelib ochildi, Qadamboy Nurmetov jarima maydoniga yorib kirdi va aniq zarbasi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Bunga toshkentliklar tezda javob qaytarishdi, 64-daqiqada Arslanmurat Amanovning qanotdan uzatgan to‘pini Temurxo‘ja Abduholiqov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
72-daqiqada Nurmetov dublga erishdi, chap qanotdan tezlik olgan Bobur Qosimov markazga uzatmani amalga oshirdi, u yerda Qadamboy bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
Qolgan vaqtda ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq shu hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi.
Shu tariqa, samarqandliklar ochkolarini 18 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
Sosa Sola Superliga, 12-tur
"Dinamo" – "Lokomotiv" 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 60 Nurmetov, 1:1 – 64 Abduxoliqov, 2:1 – 72 Nurmetov.
"Dinamo": 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqayev, 4.Hakimjon A’lamxonov, 7.Jasur Azimov (6.Akmal Xolmurodov, 80), 11.Qadamboy Nurmetov (20.Siroj Hamroyev, 85), 16.Bobur Qosimov, 21.Damir Temirov (28.Obidjon Hakimov, 19), 23.Sardor Eminov, 24.Jasurbek O‘rinov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 34.Shohruh Abdurahmonov.
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov (75.Vladislav Fomin, 83), 8.Jamshid Iskanderov, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (77.Diyorjon Turopov, 59), 23.Yovan Jokich (14.Azizbek Amonov, 46), 24.Davronbek Hoshimov, 33.Oleg Zoteyev, 71.Arslanmirat Amanov, 88.Igor Yelich. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?