FIFA 2015 yilning ramziy terma jamoasini e’lon qildi


Syurixda bo‘lib o‘tayotgan 2015 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida "Oltin to‘p"ni o‘z egasiga topshirishdan oldin FIFA o‘tgan yilning ramziy terma jamoasiga kirgan futbolchilar ruyxati e’lon qilindi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
2015 yilning ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Manuel Noyer ("Bavariya").
Himoyachilar: Marselo ("Real"), Serxio Ramos ("Real"), Tiago Silva (PSJ), Dani Alvesh ("Barselona").
Yarim himoyachilar: Pol Pogba ("Yuventus"), Andreas Inyesta ("Barselona"), Luka Modrich ("Real").
Hujumchilar: Lionel Messi ("Barselona"), Neymar ("Barselona"), Krishtiano Ronaldu ("Real").































Izohlar 0
…