3 453
Samvel Babayan "Qo‘qon-1912"dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi
Liga Kubogi “V” guruhi 2-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Bugun biz Liga kubogidagi ikkinchi uchrashuvimizni o‘tkazdik. Bugun asosan zahiradagi va yosh futbolchilarini maydonga tushirib, ularga o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat bergandik. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bugungi bahsda futbolchilarining imkoniyatini chamalab oldik. Transferlar paytida kimni olib qolish va kimlarni ijaraga berish borasida shu kunlarda yakuniy xulosaga kelamiz. Bugungi natijadan qoniqmadim. Lekin futbolchilarimizning maydonda borlarini berib o‘ynaganliklari tahsinga loyiq.
Bu musobaqa bizga kerak. Boshqa futbolchilariga ham o‘yin amaliyoti berish uchun ham turnir kerak deb hisoblayman. Har bir jamoaning o‘z rejasi bo‘ladi. “Lokomotiv” har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. PFL rahbarlari bilan bu borada gaplashdik. Kelasi mavsumda bu musobaqaning o‘tkazish vaqtini jamoalar bilan kelishib belgilashlariga umid qilamiz. Balkim FIFA kunlariga belgilansa yaxshi bo‘lardi. Terma jamoaga chaqirilmaydigan futbolchilarga imkoniyat berilar edi.
“Qo‘qon-1912” jamoasi keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Qo‘qonlik muxlislarga ham hurmatim baland. Ular doim jamoalarini faol tarzda qo‘llab turishadi.Ularga kelgusi o‘yinlarda ham omad tilayman", - deb Babayanning so‘zlarini keltirib o‘tdi Qo‘qon klubi matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi