11:56 / 07.07.2019
3 515

"Kichik Tayson" chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

"Kichik Tayson" chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi
Joriy yilning 25 avgust kuni professional bokschimiz Olim Nazarov WBO international Flyweight Title chempionlik kamari uchun ringa ko‘tariladi. “Kichik Tayson” nomi bilan mashhur hamyurtimizga filippinlik Ivan Soriano raqiblik qiladi.

Ivan ham yurtdoshimiz kabi juda tajribali xisoblanadi. U profi ringda 23 marotaba jang o‘tkazib ularning 20 tasida(10 ta nokaut) g‘alaba qozongan. Ikki bor mag‘lubiyatga uchrab, bir bora durang qayd etgan. Hamyurtimiz ham raqibi kabi 23 ta jang o‘tkazib, ularning 18 tasida g‘alaba va besh bora mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz: Olim nazarov hozirda Janubiy Koreyaning “ Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi safida Vetnamda mashg‘ulotlar olib bormoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Kichik Tayson" chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi