
Foto: Twitter
WBA Regular kamari sohibi Menni Pakyao (61 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 39 ta nokaut) Kit Turmanga (29 ta g‘alaba, 22 nokaut) qarshi o‘tadigan jang oldidan fikrlari bilan bo‘lishdi.
«Ko‘pchilik 40 yosh ekanligimidan kelib chiqin, mening imkoniyatlarimga shubha bilan qaramoqda. Ular uchun ko‘rsatadigan narsalarim bor. Ayni damda men g‘alabaga chanqoqman. Bu juda qiziqarli jang bo‘ladi. Men unga bor diqqatimni allaqachon qaratib ulgurganman. Turman ham jangga qattiq tayyorlanadi. Boisi u Pakyaoga qarshi jang qiladi», — deya Pakyaoning so‘zlarini keltiradi Fight News.
Eslatib o‘tamiz, Pakyao—Turman jangi 20 iyul kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar