11:34 / 16.07.2019
3 462

Shohjahon Ergashev: Men hechkimdan qochmadim! (foto)

Shohjahon Ergashev: Men hechkimdan qochmadim! (foto)
O‘tgan 2-3 hafta mobaynida professional boksda yengilmay kelayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev haqida turli hil gaplar tarqaldi. Mazkur gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida Sports.uz nashri Shohjahon bilan bog‘landi va suhbatlashdi.

– Salom Shohjahon! Avvalo sog‘lig‘ingiz haqida to‘xtalib o‘tsangiz?
– Assalomu alaykum! Mening sog‘lig‘im a’lo darajada xavotirga o‘rin yo‘q!

– Barchamiz sizni avtohalokatga uchradi deb eshitdik, shu voqeaga oydinlik kiritsangiz?
– Ha o‘tgan oy oxirgi kunlarida shunday bo‘ldi. Lekin voqea sizlar eshitgandek emas. To‘g‘ri do‘stim bilan avtohalokatga uchradik, ammo menga hech qanday og‘ir tan jarohat yetmadi, Allohga shukr. Biroq do‘stim shikastlandi. Nima bo‘lganda ham mening ahvolim juda yaxshi. Vaziyatdan foydalangan holda meni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha yaqinlarim va muxlislarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Va har xil mish-mishlarga ishonmasliklarini so‘rayman!

– Nega unda ijtimoiy tarmoqlarda jim bo‘lib qoldingiz va siz bilan aloqa o‘rnatib bo‘lmadi?
– Bilasizmi shunday kunlar ham bo‘ladiki dunyoda o‘zingiz yolg‘iz bo‘lishni istaysiz. Bu esa o‘zingizning rejalaringizni to‘g‘ri amalga oshirish uchun qulay vaqt bo‘ladi. Ana shunday kun mening baxtsiz hodisaga uchragan vaqtimga to‘g‘ri keldi. Bori shu. Men hech kimdan qochmadim va qochishga harakat qilmadim.

– Ayni kunda nimalar bilan mashg‘ulsiz?
– Hozir AQShdaman. Doimgidek mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqdaman.

– Mashg‘ulotlarni boshlaganingizdan xursandmiz. Navbatdagi jangingiz qachon bo‘ladi?
– Raxmat. Nasib qilsa 17 avgust kuni “Showtime” telekanali tomonidan uyushtiriladigan boks kechasida ringga ko‘tarilaman. Hozirda promotorim raqib bokschi izlashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev: Men hechkimdan qochmadim! (foto)