
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16 ta jang, 16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) 23 avgust kuni AQShda o‘zining 17-jangini o‘tkazadi.
Olamsport’ning xabar berishicha, Shohjahon o‘sha kuni meksikalik Abdiyel Ramiresga (29 ta jang, 24 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 22 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev 9 iyun kuni Rossiya mezbonligida o‘tgan jang oqshomida rossiyalik Maksim Churbanovga (13 ta jang, 8 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi jang qilib, raqibini uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar