
Misrdagi qit’a birinchiligining hal qiluvchi bahsida Jazoir vakillari Senegalga qarshi to‘qnash keldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 2 daqiqadayoq Jazoir forvardi Bog‘dod Buneja tomonidan urildi va mazkur aniq zarba Jamol Belmadi shogirdlariga musobaqa bosh sovrinini keltirdi. Jazoir o‘z tarixida 2-marоtаba ushbu titulga ega chiqdi.
Avvalroq, ular 1990 yildagi qit’a birinchiligida zafar quchishgandi. Senegal esa 2 bora finalga (birinchisi 2002 yil) chiqib, yana kumush medallar bilan cheklanadigan bo‘lishdi.
Senegal – Aljir 0:1 (0:1, 0:0)
«Cairo International Stadium»
Gol: 0:1 – 2 Buneja.
Senegal – Gomis, Gassama, Sane, Sabali, Kuyate, Ndiaye (Diatta, 59), Seve (Diane, 75), Sarr, Guye, Mane, Nyang (Keyta Balde, 85).
Jazoir – Mboli, Zeffan, Bensebayni, Mandi, Benlamri, Mahrez, Gediura, Feguli (Taxrat, 85), Bennaser, Belaili (Braimi, 84), Buneja (Slimani, 89).
Ogohlantirishlar: Bensebayni (33), Belaili (54), Guye (79), Gassama (80), Mandi (90), Gediura (90).
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar