
PSJ a’zosi Neymar o‘zi bilan birga to‘p tepgan, unga qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchilar hamda o‘zi bilgan eng yaxshi darvozabon haqida gapirdi.
Shuningdek, u «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni kelajakda «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilishi mumkinligi haqida aytdi.
“Messi – men o‘ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisi. Men uchun u dunyoda tengsizi va men ko‘rganlar ichida eng zo‘ri. U bilan birgalikda harakat qilganimiz esa esda qolarli bo‘lgan. Messi bilan o‘ynash men uchun faxr va rohat olib kelardi. Bundan tashqari, u mening do‘stim hamdir.
Serxio Ramos – men to‘qnash kelgan futbolchilar orasida eng kuchlisi.
Viktor Valdes – men taniganlar ichida eng ajoyib darvozabon hisoblanadi.
Vinisius – juda yosh futbolchi. O‘ylashimcha, ko‘p o‘tmay u ko‘zga ko‘ringan o‘yinchi bo‘lib yetishadi. U eng yaxshilaridan biri bo‘lib, «Oltin to‘p» uchun kurashadi. U o‘z o‘ylagan maqsadiga yetadi deb o‘ylayman”, – deya qayd etgan parijliklar forvardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar