
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Toshkent shahri mezbonlik qilgan karate bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Oltin medal uchun tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik to‘rt bafar karatechidan uch nafari qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. Finalchilardan Bahriniso Babayeva (-50 kg), Sadriddin Saymatov (-60 kg) hamda Nodira Jumaniyozova (-68 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova (-55 kg) kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg) hamda Javohirbek Abdusattorov (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi vakillari kumite bahslarini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar