
28 iyul - 3 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasi, Dog‘iston Respublikasining Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag‘ishlangan 21-Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Mazkur turnirda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishadi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi turnirda quyidagi tarkibda qatnashadi:
-52 kg: Abrorjon Qodirov
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
-60 kg: Otabek Xolmatov
-64 kg: Bobirmirzo Tolibov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov
-75 kg: Akmurod Gafforov
-81 kg: Shohruxbek Rustamov
+91 kg: Lazizbek Mullajonov
Murabbiylar: Rustam Saidov, Quldoshboy Tojiboyev, Alisher To‘ychiyev.
Fahriddin O‘rakov musobaqada hakam sifatida ishlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar