22:04 / 29.07.2019
3 182

“Metallurg” – AGMK uchrashuvidan so‘ng: Bosh hakam quyi ligaga tushirib yuborildi, Qosimov esa diskvalifikatsiya qilindi

“Metallurg” – AGMK uchrashuvidan so‘ng: Bosh hakam quyi ligaga tushirib yuborildi, Qosimov esa diskvalifikatsiya qilindi
Superliganing 14-turi doirasidagi “Metallurg” – AGMK uchrashuvida ko‘plab bahsli vaziyatlar ro‘y berdi va muxlis-u mutaxassislarning bahs-munozalariga sabab bo‘ldi. O‘FA tartib intizom qo‘mitasi ushbu uchrashuv yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi va o‘yindagi barcha vaziyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Natijada, AGMK klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga ochiqchasiga e’tiroz bildirib, unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun superliganing 1 uchrashuviga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayev ishida esa o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarish, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yish kabi kamchiliklar aniqlandi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda tartib intizom qo‘mitasi Nasibullayevni 4 uchrashuvga chetlatdi va jarimaga tortdi.

O‘yinga har tomonlama professional darajada tayyorgarlik ko‘rmaganligi aniqlangan ushbu hakam, shuningdek, qo‘yi ligaga tushirildi.

O‘FA hamda PFL hakamlar, murabbiy va futbolchilar, shuningdek, futbol uchrashuvlarida ishlaydigan barcha mas’ul xodimlarni professionallik, o‘zaro hurmat hamda intizom normalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Metallurg” – AGMK uchrashuvidan so‘ng: Bosh hakam quyi ligaga tushirib yuborildi, Qosimov esa diskvalifikatsiya qilindi