O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov kuni kecha “Qatar SK” klubi a’zosiga aylandi.
Bunga qadar Portugaliyaning “Nasonal” klubi safida o‘ynab kelayotgan mahoratli o‘yinchi yana o‘z faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. 28 yoshli futbolchi O‘FA rasmiy saytiga yangi jamoasidagi ilk taassurotlari va rejalari xususida gapirib berdi.
"Portugaliya chempionatida o‘ynash orqali Yevropa futboli havosidan nafas olishga erishdim va bundan xursandman. Ana endi bor diqqat-e’tiborimni “Qatar SK” bilan muvaffaqiyatlarga erishish va grand klublarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishga qarataman.
Ayni paytda “Qatar SK” Madridda yig‘in o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘in 8 avgust kuni yakuniga yetadi. Hali bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushamiz. Maqsadimiz – imkon qadar tezroq yaxshi formaga kirish. Zero yaqinda Qatarda yangi mavsum start oladi.
Qatarda mazmunli o‘yin ko‘rsatish orqali o‘zimga yanada ishonch olib, terma jamoamizga yaqinda boshlanadigan saralash bahslarida yordam berishga harakat qilaman.
Qatar chempionati men uchun begona emas, bu yerda to‘p surishni rosti sog‘ingan edim. “Qatar SK”ga o‘tishimda ilgari men faoliyat olib borgan “Al Jaish”dagi tanishlarimning ham xissasi katta bo‘ldi. Nasib etsa, ushbu klub safida mazmunli o‘yin namoyish etishga harakat qilaman", - dedi futbolchi.
Ta’kidlab o‘tamiz, jizzaxlik yarim himoyachi faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Al Jaish” (Qatar), “Al Jazira” (BAA), “Lokomotiv”, “Nasonal” (Portugaliya) klublari safida faoliyat olib borishga ulgurgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi