date

Ravshan Ermatov dunyoning eng yaxshi hakamlari beshligidan joy oldi

Ravshan Ermatov dunyoning eng yaxshi hakamlari beshligidan joy oldi

Futbol tarixi va statistikasi bo‘yicha xalqaro reyting (IFFHS) o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov nomini 2014 yilning yaxshi hakamlari beshtaligidan iborat ro‘yxatga kirgizdi, deb xabar bermoqda «kun.uz».

Ushbu ro‘yxatda Ravshan Ermatovdan yuqorida italiyalik Nikola Rissoli, angliyalik Xovard Uebb, germaniyalik Feliks Brix va gollandiyalik Born Keypers nomlarini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2014 yilning yoz oyida Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 4ta o‘yinda hakamlik qildi va o‘zining bu boradagi ko‘rsatkichini 9taga oshirib, jahon rekordini o‘rnatdi (U 2010 yil JARda o‘tgan mundialda 5ta o‘yinni boshqarib borgan). Shuningdek, bu hakam 5 marta (2008, 2009, 2010, 2011 va 2014) “Osiyoning eng yaxshi hakami” deb tan olingan.

Foto: uzreport.uz / kun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov dunyoning eng yaxshi hakamlari beshligidan joy oldi