Xabaringiz bor kecha Superligada 17-tur o‘yinlariga start berildi. Tur doirasida “Lokomotiv” o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Coca Cola Superligasi 17-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Nasaf" - yosh futbolchilardan tashkil topgan ajoyib jamoa. Bugun ular yaxshi harakat qilishdi. Omad esa bizning tomonda bo‘ldi. Hudoga shukur, muhim o‘yinda g‘alabaga erishdik.
- Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, bugun "Nasaf" to‘pni ushlab turish borasida "Lokomotiv"dan o‘tib ketdi. Bunga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- Har doimgidek bugun ham biz to‘pni o‘zimizda ko‘proq ushlab turishni niyat qilgandik. To‘g‘risi bilmadim. To‘pni raqiblarga topshirib qo‘ydik, buni tan olaman.
- Yangi bosh murabbiy taktikasiga ko‘nikish jarayoni qanday ketmoqda?
- Unchalik qiyin bo‘lmayapti. Tarkibda yangi futbolchilar bo‘lgani uchun hozirda o‘yinni shakllantirish borasida kichik qiyinchiliklar bo‘lmoqda. Ammo bu o‘tib ketadi. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, dalda bo‘lib kelyapmiz.
- So‘nggi paytlarda kam gol uradigan bo‘lib qoldingiz.
- Vaziyatlardan foydalanish qiyin bo‘lmoqda. Ammo o‘yin sifatimiz unchalik yomon emas.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin